20:37 / 23.03.2017
5395

Halabda 5 bola minomyotdan o‘qqa tutish qurbonlari bo‘ldilar

Suriyaning qurollangan muxolifat jangarilari 23 mart kuni Halabning janubidagi Al-Hamdaniya mavzesi bo‘yicha minomyotlardan o‘q ochdilar. SANA axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, Radvan masjidi yonida joylashgan maktab o‘qqa tutish ostiga tushgan.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, buning oqibatida 5 bola halok bo‘lgan,  4 bola yaralangan.

Axborot agentligining ma'lum qilishicha, maktab binosida qochqinlar oilalari yashagan.

Top