17:56 / 23.03.2017
3859

Buyuk Britaniya xavfsizlik va razvedka tizimini mustahkamlashga kirishdi

Buyuk Britaniya hukumati yaqin yillarda milliy xavfsizlik va razvedka tizimini takomillashtirish uchun 2,5 milliard funt ajratadi. Bu haqida mamlakat bosh vaziri Tereza Mey ma'lum qildi. RIA "Novosti"da shunga oid xabar berildi

"Yaqin yillarda biz razvedka va xavfsizlik tizimiga 2,5 milliard funt sarmoya kiritamiz", - dedi bosh vazir parlamentda chiqish qilar ekan. 

Kuni kecha Londonda Britaniya parlamenti binosi oldida politsiya xodimi va yo‘lovchilarga hujum qilindi. Skotland-Yard ro‘y bergan voqeani terakt sifatida baholamoqda. 

Mavzuga oid
Top