23:31 / 23.03.2017
14995

Toshkent shahrida 836 nafar piyodaga jarima solindi

Toshkent shahri fuqarolarining Yo‘l harakati qoidalariga mutlaq rioya qilishlarini ta'minlash maqsadida turli ta'sir choralari qo‘llanilmoqda. Bunda haydovchilarga nisbatan, 15 martdan boshlab kameralar yordamida jarimalar yozish boshlangan bo‘lsa, yo‘lning belgilanmagan qismidan kesib o‘tayotgan piyodalarga ham jarimalar solinmoqda. Bu haqda, Toshkent shahar IIBBda bo‘lib o‘tgan matbuot brifingida ma'lum qilingan. 

IIBB vakilining so‘zlariga ko‘ra, shu paytga qadar shahar hududida yo‘lni kesib o‘tish qoidalarini buzgan 836 nafar piyodaga belgilangan tartibda jarimalar solingan.

Bundan tashqari, kameralar vositasida yozilgan jarimalar bo‘yicha shikoyat qilib kelayotganlarning 80 foizi qayta ko‘rib chiqish jarayonida o‘z xatolariga iqror bo‘lishmoqda. Ta'kidlanishicha, tizimdagi ayrim nuqson va kamchiliklarni aniqlab, ularni tuzatish maqsadida ham ushbu kameralar sinov tariqasida jarimalar yozishni boshlagan edi.  

Top