19:30 / 23.03.2017
8122

Toshkentda 217 nafar maktab, litsey va kollej o‘quvchilari sababsiz dars qoldirgani aniqlandi

Yoshlar va voyaga yetmaganlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish, profilaktika ishlarini kuchaytirish maqsadida, Toshkent shahri ta'lim muassasalaridagi davomatlar, o‘quvchi va talabalar tomonidan dars jarayonlarini o‘zlashtirib borish holatlari yuzasidan 63ta maktab, 112ta kollej va litseylarda “Davomat” tadbirlari o‘tkazildi.

Biroq, o‘quvchi yoshlar, ularning ota-onalari o‘rtasida olib borilayotgan tushuntirish va profilaktik tadbirlarga qaramasdan 173nafar maktab o‘quvchisi, 132 nafar kollej va 12 nafar litsey o‘quvchilari turli sabablarga ko‘ra, dars mashg‘ulotlarida qatnashmayotganligi aniqlandi.
 
Shu bilan birga, 13ta internet-kafelarda o‘tkazilgan reydlar davomida, 21 nafar o‘quvchi dars vaqtlarida, 7 nafar voyaga yetmaganlar tungi soat 22:00dan so‘ng internet-klubiga tashrif buyurganlari aniqlandi.

Qonun buzgan hamda farzand tarbiyasiga mas'uliyatsizlik bilan yondoshib kelgan 7ta internet-kafe ma'muriyati, 41 nafar ota-onaga nisbatan ma'muriy ta'sir choralari ko‘rildi. 51ta ta'lim muassasasida o‘qituvchi va murabbiylar, ota-onalar ishtirokida sayyor muhokamalar o‘tkazildi.

Top