19:43 / 23.03.2017
4126

Turkiya Raqqaga kurdlar bilan birga hujum qilishdan bosh tortmoqda

Foto: AFP 2017/ Joe Klamar

Turkiya Suriyaning Raqqasini IShIDdan ozod qilish bo‘yicha amaliyotda unda Suriyaning mo‘'tadil muxolifati ishtirok etsa hamda suriyalik kurdlar tuzilmalari qatnashmasa ishtirok etadi. Bu haqda Turkiya bosh vaziri o‘rinbosari No‘mon Qurtulmush ma'lum qildi.

"Raqqa ushbu shahar aholisiga tegishli. Agarda amaliyot xalqaro koalitsiya ko‘magida hamda mo‘'tadil muxolifat ishtirokida o‘tkazilsa, Turkiya uni qo‘llab-quvvatlaydi. Biroq agarda Raqqani ozod etishga PYD (Suriyaning demokratik ittifoq kurdlar Partiyasi) jalb etilsa, Turkiya amaliyotda ishtirok etmaydi", - deya aytib o‘tdi Qurtulmush Anadolu agentligiga bergan intervyusida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Suriya shimolidagi “Firot qalqoni” amaliyoti maqsadi – Turkiya chegalari xavfsizligini ta'minlash. "Amaliyot terrorchilik guruhlari harakati Turkiyaga zarar keltirmasligi uchun boshlangan. Al-Bob va Jarablus Turkiya ko‘magi ostidagi mahalliy muxolifat kuchlari orqali terrorchilardan tozalanadi", - dedi Turkiya bosh vaziri o‘rinbosari.

Qayd etilishicha, Raqqaning qariyb 95 foiz aholisini arablar tashkil etadi hamda IShIDdan ozod etilgan bu shaharga boshqa terrorchilik tashkiloti kirib kelishiga yo‘l qo‘yish kerak emas.

Top