20:56 / 23.03.2017
4586

JCh-2018 saralashi. Xitoy Janubiy Koreyani mag‘lubiyatga uchratdi

JCh-2018 saralash bosqichi Osiyo mintaqasining A guruhidan o‘rin olgan dastlabki uchrashuv nihoyasiga yetdi.

O‘z uyida guruh favoritlaridan biri Janubiy Koreya terma jamoasini qabul qilgan Xitoy terma jamoasi kutilmagan natijani qayd eta oldi. Uchrashuvning 34-daqiqasida Yu Da Bao tomonidan kiritilgan yagona gol chin mamlakatiga 4-bosqichdagi dastlabki uch ochkoni keltirdi.

Ushbu g‘alabadan keyin Xitoy hisobidagi ochkolar soni 5taga yetdi. Janubiy Koreya terma jamoasi esa 6 uchrashuvda 10 ochko bilan 2-o‘rinda qolmoqda. Agar O‘zbekiston terma jamoasi g‘alaba qozongan taqdirda ularni quvib o‘tishi mumkin bo‘ladi.

JCh-2018. Saralash bosqichi A guruhi

Xitoy - Janubiy Koreya 1:0 (1:0)
Gol:
 Yu Da Bao (34).

Mavzuga oid
Top