23:35 / 24.03.2017
4326

2017 yil boshidan Yevropaga 25 mingdan ko‘proq muhojir keldi

Foto: AP

2017 yil boshidan Yevropaga O‘rta yer dengizi orqali kelgan muhojirlar soni 25 mingdan oshib ketdi. Bu haqda Xalqaro migratsiya tashkilotidagi bayonotda ma'lum qilindi.

22 mart holatiga ko‘ra, 3 oy ichida Yevropaga dengiz orqali 25170 kishi kelgan. 2016 yilning shu davri ichida Yevropaga 163 ming muhojir kelgandi. 2017 yil kelganlardan ko‘pchiligi (80 foizi) Italiyaga, 2016 yilda esa Gretsiyaga jo‘nagan.

3 oy ichida Yevropaga yetib olishga urinishda 559 kishi halok bo‘ldi. 2016 yilda bu ko‘rsatkich 554 nafarni tashkil qilgan. Yevropaga kelishda 2017 yilda Markaziy O‘rta yer dengizi orqali, 2016 yilda esa Sharqiy O‘rta yer dengizi orqali ko‘proq muhojirlar halok bo‘lgan.

Mavzuga oid
Top