08:56 / 24.03.2017
7830

Andijon va Krasnoyarsk oliy ta'lim hamda tibbiyot muassasalari o‘rtasida amaliy hamkorlik o‘rnatilishi mumkin

Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov Krasnoyarsk o‘lkasi gubernatori Viktor Tolokonskiy bilan hamkorlik muzokaralarini o‘tkazdi. Unda ikki mamlakatning madaniy-gumanitar, turizm, sog‘liqni saqlash va ta'lim tizimlaridagi hamkorlik istiqbollariga alohida e'tibor qaratildi. 

Ushbu sohadagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari quyidagilardan iborat ekani qayd etildi:

⦁  madaniy-gumanitar hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, jumladan ikki mamlakatda ham madaniyat kunlarini tashkil qilish, mintaqalarida o‘tkaziladigan xalqaro festivallar va boshqa madaniy tadbirlarda raqs dastalari, musiqiy va ijodkor jamoalarining ishtiroki;

⦁  ikki mintaqa oliy ta'lim muassasalari va tibbiyot muassasalari o‘rtasida amaliy hamkorlik o‘rnatish;

⦁  mintaqalardagi yetakchi sayyohlik operatorlari o‘rtasida uzoq muddatli hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish. 

Shu o‘rinda Rossiya fuqarolarining O‘zbekistondagi Samaraqand, Buxoro, Xiva, Toshkent va boshqa shaharlarga bo‘lgan qiziqishi katta ekanligi ta'kidlab o‘tildi. Mazkur yo‘nalishda turizmning ekologik, rekreatsion, gastronomik, madaniy-tarixiy va boshqa turlarini rivojlantirish bo‘yicha katta istiqbollar mavjudligi qayd etildi. 

Top