15:24 / 24.03.2017
5461

Inha universiteti talabalari Microsoft mahsulotlaridan bepul foydalanishlari mumkin

“Microsoft” kompaniyasi Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalariga o‘zining litsenziyali dasturiy ta'minot hamda ishlanmalaridan bepul foydalanish imkoniyatini yaratdi. Bu haqda universitet rasmiy saytida ma'lum qilingan.

“Microsoft” kompaniyasi vakillari Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT) ma'muriyatiga “Microsoft Imagine”ning 700 dona vaucherini topshirdi.

“Microsoft Imagine” (avvalgi nomi DreamSpark) yordamida IUT talabalariga “Windows” operatsion tizimidan, “Microsoft Azure”, “Visual Studio”, “SQL Server”, “Xamarin” va boshqa dasturiy ta'minotlardan bepul foydalanish imkoniyati yaratildi.

Shuningdek, “Microsoft Imagine” dasturi amaliy mashg‘ulotlarga ham yo‘l ochadi, uning yordamida talabalar o‘zlarining malakalarini oshirib olishlari mumkin.

Shuni ta'kidlab o‘tish joizki, “Microsoft” kompaniyasi mana uch yildirki, Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari uchun o‘zining yechimlaridan bepul foydalanish imkoniyatini taqdim etmoqda.

 

Mavzuga oid
Top