09:23 / 24.03.2017
5546

Qozog‘istondagi avtohalokatda 5 kishi halok bo‘ldi

Qozog‘istonning Qarag‘anda viloyati Qarag‘anda-Balxash trassasida ikki mashinaning ro‘parama- ro‘para to‘qnashishi oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi, 2 kishi jarohat oldi. Bu haqda 24 mart kuni "Kazinform" axborot agentligi ma'lum qildi

Axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, Mercedes va Toyota rusumidagi mashinalarning to‘qnashuvi Abay tumanining Spassk posyolkasidan 20 kilometr uzoqlikda yuz bergan. Ta'kidlanishicha, yo‘l-transport hodisasi Mercedes haydovchisi aybi bilan sodir bo‘lgan.

"Mercedes’da chimkentlik 3 kishi bo‘lgan. Toyota’da Olmaotadan ikki farzandi bilan bir oila kelayotgan bo‘lgan. Mercedes haydovchisi qanday qilib qarshi yo‘nalishga chiqib ketgani aniqlanmoqda. Bu avtomobildagi 3 kishi, jumladan haydovchi zarbadan halok bo‘lgan. Toyota’dagi yo‘lovchilardan ayol va uning 2 yoshli qizi halok bo‘lgan", deb ma'lum qiindi xabarda.

Ayolning 4 yoshli o‘g‘li va haydovchi shifoxonaga yetkazilganlar. "Bola va erkak jonlantirish bo‘limidalar", deb ma'lum qilingan shifoxonada.

Top