19:54 / 24.03.2017
11274

Olmazor tumanida tanishini chuv tushirgan firibgar qo‘lga tushdi

23 mart kuni Toshkent shahri Olmazor tumanida tuman ichki ishlar bo‘limi va tuman prokuraturasi xodimlari tomonidan profilaktika tadbirlari olib borildi. Xususan, tumanning Achaobod mahallasida sodir etilgan jinoyatlar muhokamasi o‘tkazild. Unda Kun.uz muxbiri ham bevosita ishtirok etdi. 

Ma'lum bo‘lishicha, 2017 yil 17 mart kuni tumandagi Qoraqamish 14 dahasida istiqomat qiluvchi A.M. ismli 1992 yilda tug‘ilgan fuqaro tuman ichki ishlar bo‘limiga tanishi 1995 yilda tug‘ilgan, shu tuman Sag‘bon ko‘chasida yashovchi A.S. tomonidan chuv tushirilgani va katta miqdorda moddiy zarar ko‘rganini aytib murojaat qilgan. 

2017 yil 9 yanvar kuni A.S. tanishi A.M.ni uyida sotiladigan 42 dyuymli 4 dona televizor, jami 4 dona Sony rusumli o‘yin pristavkasi va ular uchun 14 dona pulti borligini aytib, ishontirgan va yuqoridagi buyumlar uchun oldindan 700 AQSh dollari va 2.000.000 so‘m pulni qo‘lga kiritgan. 

A.M. o‘zini aldangani, firibgar qurboniga aylanganiga komil bo‘lganidan so‘ng, ichki ishlar idoralariga murojaat qilgan. Mazkur ish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Mazkur jinoyat ishi Olmazor tuman Achaobod mahalla idorasida Olmazor tuman IIB TB boshlig‘i podpolkovnik O.A.Akbarov, ushbu jinoiy ishni tergov kilayotgan tergovchi va hududiy profilaktika inspektori mayor K.Udayev, tuman prokuraturasi vakili hamda mahalla faollari ishtirokida bo‘lib o‘tdi. Unda, firibgarning qilgan ishidan pushaymonligi, uyda onasi yolg‘iz ekani hamda yetkazilgan zararni to‘lab berishga urinayotgani e'tiborga olindi.   

Top