09:28 / 24.03.2017
6191

Peruda Messi brendi ostidagi 85 mln dollarlik kokain musodara qilindi

Peru politsiyasi Lima shahrida "Barselona" hujumchisi  Lionel Messi brendi ostidagi kokain partiyasini musodara qildi, deb xabar bermoqda ESPN telekanali. 

Giyohvand modda argentinalik futbolchi surati va uning imzosi tushirilgan qutilarga qadoqlangan bo‘lgan.

Umumiy hisobda 1417 kilogramm kokain ushlangan. Mutaxassislarning baholashicha, bu kokain partiyasi qiymati 85 mln dollarni tashkil qilishi mumkin.

Top