21:32 / 24.03.2017
15167

Tramp yuk mashinasi haydovchisiga aylandi

Foto:Andrew Harnik/AP

AQSh prezidenti Donald Tramp o‘zini yuk mashinasi haydovchisi sifatida sinab ko‘rdi. Bundan behad xursand bo‘lgan milliarderning 18 ta g‘ildirakli Mack rusumidagi yuk mashinasi kabinasida tushgan suratlari jahon nashrlari orasida tez tarqaldi. Trampning suratlarda aks etgan qiyofasi memlarga aylanishga ulgurdi.

Tramp AQShning yuk tashishlar uyushmasi vakillari bilan Oq uydagi uchrashuvda respublikachilar Obamacare o‘rniga taklif qilayotgan sog‘liqni saqlash dasturini muhokama qilishi kerak edi. Tramp Oq uy oldiga qo‘yilgan ikkita yuk mashinasidan biriga o‘tirib ko‘rdi. Uchrashuvda Trampda "I ♥️ TRUCKS" (Men yuk mashinalarni yaxshi ko‘raman) degan yozuvli ko‘krak nishoni taqilgan bo‘lgan.

Mavzuga oid
Top