20:38 / 24.03.2017
15234

Zamon bilan hamnafas. Toshkentda juma xutbasi feysbuk orqali translyatsiya qilinishi boshlandi

24 mart kuni «Mirza Yusuf» jome masjididagi Sayyid Rahmatulloh Termiziyning juma xutbasi feysbuk ijtimoiy tarmog‘ida to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiya qilindi. Translyatsiya Mehrob.uz sahifasida olib borilgan.

«Mirza Yusuf» jome masjidi. Foto: Vakillik.uz

Hozircha faqat xutba translyatsiyasi yo‘lga qo‘yilgan, kelgusida ma'ruza ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri onlayn qilinishi ko‘zda tutilgan.

Bundan oldinroq imom suhbatlardan birida bugungi kunda masjidga kela olmayotganlar haqida ham o‘ylab ko‘rish kerakligi haqida aytib o‘tgandi.

Top