20:58 / 24.03.2017
12667

Jon Kennedining Hitler haqida yozib qoldirgan kundaligi auksionga qo‘yildi

Foto: Getty Images

AQShning 35-prezidenti Jon Kennedining tutgan kundaligi Bostondagi RR auksioniga qo‘yildi. Unda prezident fashistlar rahbari Adolf Hitler haqida yozib qoldirgan. 

Amerikaning Time jurnalida xabar berilishicha, 28 yoshli Kennedi Hitler haqida 1945 yil o‘zining urushdan so‘ng Yevropaga gazeta muxbiri sifatida uyushtirgan safarida yozib qoldiradi. O‘sha vaqtda u yetakchining Bavariyadagi ikki qarorgohi - Bergxof va Kelshtaynxausda bo‘ladi.

"Uning o‘z yurtiga nisbatan cheksiz salohiyati dunyo tinchligiga tahdid soladi. Hitlerning hayot yo‘li, o‘limi kelajakda faqat yanada chuqurlashib boruvchi sirli hikoyaga aylangan. Unda shunday hislatlar bo‘lganki, bejizga afsonalar yaratilmaydi", - deb yozadi Kennedi. 

Ayni damda kundalik Derdr Xendersonga tegishli bo‘lib, u Kennedi Massachusets shtatining senatori bo‘lgan vaqtda yordamchi bo‘lgan. 

Auktsion 26 mart kuni o‘tkaziladi. Ekspertlarning aytishicha, lotning narxini 200 ming dollarga baholashmoqda. 

Top