11:22 / 25.03.2017
4494

Donovan futbolchilik faoliyati bilan xayrlashmoqda

Amerikalik hujumchi Lendon Donovan Yahoo Sports bilan suhbatida futbolchilik faoliyatini yakunlayotgani haqida ma'lum qildi. 

Eslatib o‘tamiz, futbolchi 2014 yilda faoliyatini yakunlagan, ammo 2016 yil sentabrida yana tiklagan va «Los-Anjyeles Gelaksi» sharafini himoya qilgandi. 

35 yoshli Donovan doimiy chempionatning 6 o‘yinida maydonga tushib, 1ta gol urdi. Pley-off bosqichida uchta uchrashuv o‘tkazdi. 

Yanvar oyida Donovan «Real Solt-Leyk» jamoasi bilan muzokaralar o‘tkazdi, biroq, keyinchalik bundan ham bosh tortdi hamda butsilarini mixga ilganini tasdiqladi. 

Donovan MLS (145 gol) va AQSh (57 gol) tarixidagi eng sermahsul hujumchi hisoblanadi. 

Top