15:23 / 25.03.2017
37897

Dunyoning eng mashhur shaxslari reytingi taqdim etildi

Fortune jurnali dunyoni o‘zgartiruvchi va boshqalarga ham ilhom bag‘ishlovchi "Dunyoning eng buyuk yetakchilari" reytingini taqdim etdi. Ularning orasidan siyosatchilar, ishbilarmonlar, san'at arboblari va filantroplar o‘rin olgan. 

Top-50 ro‘yxatining birinchi o‘rni "Chikago Kabs" beysbol klubi rahbari Teo Epsteynga nasib etdi. Ikkinchi o‘ringa "Ali Express" internet-do‘koni yaratuvchisi Jek Ma munosib ko‘rildi. Uchinchi pog‘onani esa Rim papasi Frantsisk egalladi. 

Teo Epsteyn
Jek Ma
Rim papasi Frantsisk

Bill Geytsning turmush o‘rtog‘i Melinda Geyts mazkur ro‘yxatning 4-pog‘onasini band etdi. 5- va 6-o‘rinlar esa amerikalik ishbilarmon va milliarder Jyeff Bezos hamda rejissyor va dramaturg Ava DyuVerneyga nasib etdi. 

Shuningdek o‘nlikdan AQSh milliy xavfsizlik vakili H.R.Makmaster, Ilg‘or demokratik partiya raisi Tsay Ing-Uen, respublikachi-siyosatchi Jon MakKeyn va Germaniya kansleri Angela Merkel joy olgan. 

Mavzuga oid
Top