08:54 / 25.03.2017
19202

Eng yirik banklardan biri xato tufayli olti milliard dollarni o‘tkazib berdi

Germaniyaning eng yirik davlat banklaridan biri Kreditanstalt für Wiederaufbau (KfW) fevral oyida qariyb 6 milliard dollarni to‘rtta bank hisob raqamlariga xato tufayli o‘tkazib berdi. Bu haqda Blumberg agentligi xabar bermoqda

"Biz bu xatoni tezlikda aniqladik hamda tuzatdik, mablag‘lar qaytarildi", - deyiladi bank bayonotida. Unda ta'kidlanishicha, hodisaga inson omili sababchi bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

Agentlikning voqeadan xabardor manbasi ma'lumotiga ko‘ra, bu texnik xato tufayli ro‘y bergan, natijada bir martalik to‘lovlar xato tufayli bir necha bora o‘tkazib berilgan.

Ma'lumot uchun, KfW – Germaniya eng yirik davlat banklaridan biri bo‘lib, kattaligi jihatidan Deutsche Bank va Commerzbank’dan keyin turadi. Uning kuzatuv kengashiga Germaniya moliya vaziri Volfgang Shoyble rahbarlik qiladi.

Mavzuga oid
Top