18:44 / 25.03.2017
5169

Gretsiya bosh vaziri Yevropa ittifoqini o‘zgartirishga chaqirdi

Gretsiya bosh vaziri Aleksis Tsipras hozirgi Yevropa ittifoqi Yevropa xalqlari orzu qilgandek emasligi hamda uni o‘zgartirish uchun kurash olib borish kerakligini ma'lum qildi.

"Biz har kuni Yevropa xalqlari yutuqlarini himoya qilishimiz kerak. Hech shubha yo‘qki, bu biz orzu qiladigan Yevropa emas. Biroq uni o‘zgartirish uchun ichki kurash kerakligi haqida ham ikkilanish bo‘lmasligi kerak", - deya aytib o‘tdi Tsipras Rimdagi anjuman yakunlanganidan so‘ng. U YeI tashkil etilgani 60 yilligi munosabati bilan o‘tkazildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, sammitda Yevropaning ijtimoiy xarakterini kuchaytirish masalasi ko‘tarilgan.

"Men muhim masalani ko‘tardim, ijtimoiy yutuqlar hali ham bormi va ular Yevropaning barcha davlatlari uchunmi. Men tasdiq javobini oldim, biroq buni amaliyotda isbotlash kerak", - dedi Gretsiya bosh vaziri.

Tsiprasning aytishicha, Yevropaning asosiy dushmani so‘nggi yillardagi neoliberal siyosat bo‘lib, u Ittifoqning asosiy prinsiplariga qaytishga chaqirdi.

"Biz YeI kelajagi haqida ijtimoiy huquqlar va inson qadr-qimmatisiz orzu qilmasak ham bo‘ladi. Bu prinsiplar hamda ijtimoiy modelni qaytarish kerak", - dedi u.

Tsipras shuningdek o‘ta o‘ng populizmni xavfli deya atagan.

Gretsiya bosh vaziri sammitdan biroz avval YeI rahbariyati va 26 davlat yetakchilariga Gretsiyaning Yevropa ijtimoiy modeli standartlariga bo‘lgan huquqlarini birgalikda himoya qilish bo‘yicha maktub yuborgan. 

Mavzuga oid
Top