12:59 / 25.03.2017
6868

Xitoyda yuk mashinasi maktab o‘quvchilarini bosib ketdi

Foto: AP

Xitoyning Guansi-Chjuan muxtor tumanida yuk mashinasi boshlang‘ich maktab o‘quvchilarini bosib ketdi, uch nafar bola halok bo‘ldi, yana ikki nafari jarohat oldi. Bu haqda Xitoy Markaziy televideniyesi mahalliy politsiyaga asosan xabar berdi.

Hodisa Guypin uyezdida juma kuni kunning ikkinchi yarmida yuz berdi. Maktab o‘quvchilaridan biri voqea joyida hayotdan ko‘z yumgan, yana ikki nafari olgan tan jarohatlari oqibatida kasalxonada jon taslim qildi.

Ayni damda yuk mashinasi haydovchisi qo‘lga olingan, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid
Top