07:45 / 25.03.2017
23114

Rosgvardiyaning Chechenistondagi qismiga jangarilar hujumi videosi paydo bo‘ldi

Internetda Rosgvardiyaning Chechenistondagi  qismiga jangarilar hujumi videosi joylashtirildi. Qism hududidagi kuzatuv kameralaridan olingan kadrlarda bir necha kishi kamera qarshisidan yugurib o‘tayotganini ko‘rish mumkin. Taxmin qilinishicha, bular hujumni amalga oshirgan jangarilar bo‘lgan. Kadrlardan birida qo‘lida avtomat bo‘lgan jangarilardan biri kamera yonidagi devordan yoki kuzatuv minorasidan tushib kelayotgani tasvirlangan.

Hujum 24 martga o‘tar kechasi sodir etilgan. Terrorchilar Chechenistonning Naur stanitsasidagi harbiy obektga bostirib kirishgan. Hujum oqibatida 6 nafar gvardiyachi halok bo‘lgan, 3 nafari yaralangan. Jang davomida bosqinchlar yo‘q qilingan.

Ushbu hujum uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga olgan.  

Mavzuga oid
Top