09:10 / 25.03.2017
4329

Simeone: Grizmanning "Atletiko"da qolishiga hech qanday kafolat yo‘q

"Atletiko Madrid" bosh murabbiyi Diyego Simeone jamoa hujumchisi Antuan Grizmanning boshqa klubga o‘tish ehtimoli haqida gapirdi. 

"Grizmann yozda jamoadan ketishi mumkinmi? Ha, uning shartnomasida shartnomani bekor qilish uchun tovon puli belgilangan. Shunday ekan, uning qolishiga hech qanday kafolat yo‘q. 

O‘tgan yozda men u bilan gaplashgan edim va u men jamoada qoladigan bo‘lsam, o‘zi ham qolishini aytgandi. Shundan so‘ng u o‘z agentlariga yangi shartnoma imzolashi haqida ma'lum qilgandi", – dedi Simeone. 

Top