11:02 / 25.03.2017
4819

JCh-2018 saralash bosqichi: Ispaniya, Italiya va Makedoniya raqiblarini mag‘lub qildi

2018 yilgi jahon chempionatining Yevropadagi saralash bosqichining 5-turida G guruhida 3 ta uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

Xixondagi "El-Molinon" stadionida o‘tgan Ispaniya va Isroil o‘rtasidagi uchrashuv ispanlarning 4:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Uchrashuvning 13-daqiqasida David Silva hisobni ochdi, 1-bo‘limning so‘nggida Vitolo ispanlar ustunligini 2 gol farqiga yetkazdi. 2-bo‘lim boshida Diyego Kosta goli bilan ajraldi. 76-daqiqada isroilliklar Lior Rafaelov goli evaziga hisobdagi farqni qisqartirishdi. Uchrashuvga yakuniy nuqtani Isko qo‘ydi.

Shu guruhdan o‘rin olgan Lixtenshteyn – Makedoniya uchrashuvida mehmonlar 0:3 hisobida zafar quchishdi. 

Yana bir uchrashuvda Italiya Albaniyani 2:0 hisobida mag‘lub etdi. 

JCh-2018. Yevropa. G guruhi. 5-tur 

Ispaniya – Isroil – 4:1
Gollar: 1:0, Silva (13); 2:0; Vitolo (45+1); 3:0, Kosta (51); 3:1, Rafaelov (76); 4:1, Isko (88)

Lixtenshteyn – Makedoniya – 0:3
Gollar: 0:1, Nikolov (43); 0:2, Nestorovski (68); 0:3, Nestorovski (73)

Italiya – Albaniya – 2:0
Gollar: 1:0, De Rossi (12, pen.); 2:0, Immobile (71).

Guruhdagi vaziyat quyidagicha ko‘rinishda: 1. Ispaniya — 13 ochko; 2. Italiya — 13; 3. Isroil — 9; 4. Albaniya — 6; 5. Makedoniya — 3; 6. Lixtenshteyn — 0.

Mavzuga oid
Top