09:40 / 26.03.2017
15544

Belorussiya darvozaboni oyoqlari orasidan ajoyib gol o‘tkazib yubordi

Belorussiyaning futbol bo‘yicha milliy terma jamoasi darvozaboni Andrey Gorbunov JCh-2018 saralash o‘yinlari doirasida ajoyib tarzda gol o‘tkazib yubordi. Shvetsiya bilan o‘yinda jarima maydoni chizig‘idan tepilgan to‘p uning oyoqlari orasidan o‘tib darvoza to‘ridan joy oldi. 

Shvetsiyalik yarim himoyachi Emil Forsberg uchrashuvning 49-daqiqasida jarima chizig‘idan kuchli zarba berdi. Belorussiya darvozaboni to‘pni ushlashda xatolikka yo‘l qo‘ydi va oqibatda to‘pni oyoqlari orasidan o‘tkazib yubordi. 

Ikki jamoa o‘rtasidagi o‘yin 0:4 hisobida Shvetsiya foydasiga hal bo‘ldi. 

Mavzuga oid
Top