09:29 / 26.03.2017
7300

JCh-2018 saralash bosqichi: Fransiya Lyuksemburgni yengdi, Belgiya Gretsiya bilan durang qayd etdi

2018 yilgi jahon chempionati Yevropa saralash bosqichidagi navbatdagi turda Bolgariya Niderlandiyani qabul qildi. Sofiyadagi "Vasil Levski" stadionida o‘tgan uchrashuv bolgariyaliklarning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. O‘yindagi ikkala to‘pni ham Spas Delev kiritdi.

A guruhidagi yana bir uchrashuvda Fransiya mehmonda Lyuksemburgni 1:3 hisobida mag‘lub etdi. 

JCh-2018, Yevropa. Saralash bosqichi. B guruhi. 5-tur 

Bolgariya – Niderlandiya - 2 : 0

Gollar: 1:0, Delev (5); 2:0, Delev (20).

Lyuksemburg – Fransiya – 1 : 3

Gollar: 0:1, Jiru (28); 1:1, Joakim (34, pen); 1:2, Grizmann (37, pen.); 1:3, Jiru (77).

5 turdan keyin guruhdagi vaziyat quyidagicha ko‘rinish olgan: 1. Fransiya — 13 ochko; 2. Shvetsiya — 10; 3. Bolgariya — 9; 4. Niderlandiya — 7; 5. Belarus — 2; 6. Lyuksemburg — 1.

Belgiya terma jamoasi 2018 yilgi jahon chempionati saralash bosqichining 5-turida Gretsiya bilan uchrashdi. Bryusseldagi "Rua Boduen" stadionida o‘tgan uchrashuv 1:1 hisobidagi durang natija bilan yakunlandi.

Uchrashuvning 46-daqiqasida Konstantinos Mitroglu Gretsiyani hisobda oldinga olib chiqdi, biroq o‘yinning asosiy vaqti tugashiga bir daqiqa qolganda Romelu Lukaku belgiyaliklarni mag‘lubiyatdan saqlab qoldi. 

Mehmonlar Panayotis Taxtsidis va Georgios Tsavelasning chetlatilishidan keyin uchrashuvni 9 kishi bo‘lib yakunlashdi.

JCh-2018, Yevropa saralash bosqichi, H guruhi, 5-tur

Belgiya – Gretsiya - 1 : 1 

Gollar: 0:1, Mitroglu (46); 1:1, Lukaku (89)
Chetlatish: Taxtsidis, 65; Tsavelas, 90+5 (Gretsiya)

Ayni vaqtda guruhdagi vaziyat quyidagicha ko‘rinish olgan: 1. Belgiya — 13 ochko; 2. Gretsiya — 11 (5); 3. Bosniya va Gertsegovina — 10 (5); 4. Kipr — 4 (5); 5. Estoniya — 4 (5); 6. Gibraltar — 0 (5).

Top