07:54 / 26.03.2017
9616

JCh-2018 saralash bosqichi: Ronalduning dubli Portugaliyaga Vengriya ustidan g‘alaba keltirdi

2018 yilgi jahon chempionati Yevropa saralash bosqichining navbatdagi turida B guruhi vakili Portugaliya terma jamoasi o‘z maydonida Vengriya terma jamoasini qabul qildi. Uchrashuv maydon egalarining 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Portugaliyaliklar safida Krishtianu Ronaldu dubl amalga oshirdi, yana bir golni o‘z hisobiga Andre Silva yozib qo‘ydi.

JCh-2018, Yevropa. Saralash bosqichi. B guruhi. 5-tur

Portugaliya — Vengriya — 3:0

Gollar: Andre Silva, 32 (1:0); Ronaldu, 36 (2:0); Ronaldu, 65 (3:0)

Tarkiblar:
Portugaliya: Patrisiu, Soaresh, Pepe, Fonte, Gerreru, Gomesh (Pitstsi, 86), Karvalyu V., Mariu (Moutinyu, 83), Ronaldu, Kuarejma, Silva A. (Silva B., 67)
Vengriya: Gulashi, Beshe, Vinisius, Korxut, Kadar, Lang (Lovrenchich, 46), Dyurcho (Kalmar, 69), Jujak, Nad, Gera (Pinter, 85), Shalai

5 turdan keyin guruhdagi vaziyat quyidagicha ko‘rinish olgan: 1. Shveytsariya — 15 ochko; 2. Portugaliya — 12; 3. Vengriya — 7; 4. Farer orollari — 5; 5. Latviya — 3; 6. Andorra — 1.

Top