19:36 / 27.03.2017
17892

Amu-Buxoro kanali ustida barpo etilgan yangi ko‘prik foydalanishga topshirildi 

Foto: uzavtoyul.uz

O‘zbekiston milliy avtomagistrali tizimidagi Qorovulbozor tumani orqali o‘tuvchi G‘uzor – Buxoro – Nukus – Beynov xalqaro yo‘lidagi viloyatlararo Amu – Buxoro mashina kanali ustida barpo etilgan yangi zamonaviy ko‘prik foydalanishga topshirildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi

Investitsiya dasturiga kirgan ushbu obektda “Qashqadaryo ko‘prik xo‘jalik ixtisoslashtirilgan saqlash ta'mirlash va foydalanish” boshqarmasi jamoasi tomonidan 11 milliard 800 million so‘mlik qurilish-montaj ishlari bajarildi. 

Ko‘prik avvalgisiga nisbatan uch barobar keng bo‘lib, eni 27, uzunligi 72 metrni tashkil etadi. To‘rt polosali yo‘ldagi yangi ko‘prikning o‘tkazish qobiliyati, harakat xavfsizligini ta'minlash darajasi keskin oshdi. Inshootning ikki tomonida piyodalar uchun yo‘laklar barpo etilgan. 

– Xalqaro ahamiyatdagi ushbu avtomobil yo‘lini rekonstruksiya qilish ishlari davom ettiriladi, – deydi “Buxoroavtoyo‘l” hududiy yo‘llardan foydalanish tashkiloti direktori o‘rinbosari Sh.Egamov. – Investitsiya dasturi doirasida yangi ko‘prikning ikki tomonidagi avtotrassaning 5 kilometrlik qismi qayta quriladi. 

Qarshi–Buxoro trassasidagi ko‘prikning bir qismi qulab tushdi

Eslatib o‘tamiz, 2016 yilning iyulida ushbu hududdagi ko‘prik qulab tushgandi.

Qarshi-Buxoro trassasidagi ko‘prik ortiqcha yuklanishlardan buzilgani ma'lum qilindi

Mavzuga oid
Top