01:18 / 27.03.2017
5480

Defo va Vardi Angliyaga natija keltirdi

2018 yil Rossiyada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatiga saralash bosqichining F guruhi bahslarida Angliya terma jamoasi Londonda Litva termasini 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. 

Uchrashuvning 21-daqiqasida 2013 yilning noyabr oyidan beri terma safida ilk bora to‘p surayotgan  Jyermeyn Defo hisobni ochdi. Jyeymi Vardi tomonidan 66-daqiqada kiritilgan gol esa inglizlarga 2:0 hisobidagi g‘alabani taqdim etdi.

Angliya termasi JCh-2018 saralash bahslarida o‘z darvozasidan birorta to‘p o‘tkazmagan yagona jamoa bo‘lib turibdi. 

F guruhidagi holat: 1. Angliya — 13 ochko (5 ta o‘yin); 2. Sloveniya — 8 (4); 3. Slovakiya — 6 (4); 4. Litva — 5 (5); 5. Shotlandiya — 4 (4); 6. Malta — 0 (4).

Top