17:23 / 27.03.2017
17083

Ijtimoiy tarmoqlardan lavhalar: uzoqqa qatnovchi haydovchilar ish tashlamoqda

27 mart kuni Rossiyaning barcha hududlari bo‘yicha uzoqqa qatnovchi haydovchilar «Platon» tizimiga qarshi norozilik namoyishlarini o‘tkazishni boshladi. Bu tizim katta yuklarni qo‘shimcha to‘lov evaziga tashishga ruxsat berishni ko‘zda tutadi. 

Peterburg, Orenburg, Saratov, Blagoveshchensk, Vladivostok va mamlakatning boshqa shaharlarida yuk mashinalarining karvonlari tizimni bekor qilish yoki tariflarini arzonlashtirishni talab qilib, avtoyo‘llar chetlariga tizila boshladi. 

Kuni kecha Rossiya tashuvchilari birlashmasi vakillari Andrey Bajutin va Mixail Kurbatov RBKga bergan intervyusida norozilik aksiyasida kamida 10 ming haydovchi ishtirok etishi haqida so‘z yuritishgan edi. 

TJ ijtimoiy tarmoqlarda ushbu aksiyaga doir fotosuratlarni to‘pladi. 

@kirillshipicin: Yuzlab uzoqqa qatnovchi haydovchilar Butunrossiya tashuvchilar ish tashlashini qo‘llab-quvvatlamoqda. Ular, mulozimlar talablarini eshitishmasa, bugunning o‘zidayoq mitinglarga chiqib, shaharlardagi harakatni izdan chiqarishni rejalashtirmoqdalar. 

@mc_kotoman: Rossiya tashuvchilar birlashmasi ish tashlashi. «Platon»ga qarshi.

@rayXshtat: Uzoqqa qatnovchilarning norozilik aksiyasi, hozir. Ularning hisob-kitoblariga ko‘ra, 200ga yaqin yuk mashinasi M7 trassasi yonida tizilgan.

@ars_ves: Uzoqqa qatnovchi haydovchilar dala oshxonalarini tashkil etishni boshlashdi.

@k.o.s.t.i.n____: Bugun ishga hech kim bormadi. 

@shibdin: Bu ish tashlash.

Top