16:14 / 27.03.2017
5563

«Makdonalds»da 94 yoshli xodim borligi ma'lum bo‘ldi

AQShning Indiana shtatidagi Evansvill shahrida joylashgan «Makdonalds»da tarmoqda 44 yil davomida ishlagan xodim sharafiga bayram uyushtirildi.

94 yoshli Loreyn Maurer tarmoqqa 1973 yilda ishga kelgan bo‘lib, o‘shanda uyda o‘tirish uchun hali juda ham yosh ekani haqida o‘ylagan.

Tez ovqatlanish shoxobchasi egalarining so‘zlariga ko‘ra, bir haftada ikki marta ishga chiquvchi Loreynda ko‘plab doimiy mijozlar bo‘lib, ular atayin ayol bilan ko‘rishish uchun kelishadi. Keksa yoshli xodim nafaqat ularni, balki ularning farzandlari hamda nabiralari ham yaxshi taniydi.

Maurerning o‘zida esa to‘rtta farzand, oltita nabira va yettita evara bor, biroq uning so‘zlariga ko‘ra, o‘z xaridorlari bilan munosabatlar juda muhim, sababi ular ayol 1980 yilda turmush o‘rtog‘ini yo‘qotganidan so‘ng uni ancha qo‘llab-quvvatlashgan.

“Mijozlarim mening hayotimda katta o‘rin tutadi. Ular bilan ko‘p sayohat qildim. Ular shunchaki xaridorlar emas, balki do‘stlardir”, - deydi Loreyn Maurer.

Loreynning o‘zi ham fastfudni juda yaxshi ko‘radi. Uning «Makdonalds»dagi eng yoqtirgan taomi – baliqli sendvich.

Xabarlarga ko‘ra, ayol har qishda nafaqaga chiqish haqida o‘ylaydi, biroq baribir ishidan voz kecha olmaydi.

 

Top