07:40 / 27.03.2017
10178

OAV: Obama Tinch okeanida joylashgan orolga jo‘nab ketdi

Foto: AP

AQSh sobiq prezidenti Barak Obama Fransiya Polineziyasidagi Tetiroa oroliga yo‘l oldi. Sobiq davlat rahbari u yerda o‘zining prezidentligi to‘g‘risida memuarlar yozishni boshlashni mo‘ljallagan. Bu haqda The Washington Post o‘z manbalariga asosan xabar berdi.

Gazeta sobiq prezident xotira kitobiga oid tafsilotlarni keltirmadi. Avvalroq Penguin Random House nashriyoti er-xotin Obamalarning xotira kitoblarini chop etishga bo‘lgan huquqni qo‘lga kiritgani xabar qilingandi.

Nashrning ta'kidlashicha, Obama prezidentlik davri tugaganidan so‘ng oilasi bilan ko‘p sayohat qilmoqda. U shu paytga qadar Karib orollari hamda Havayida ham hordiq chiqarib qaytgandi.

Top