15:21 / 27.03.2017
4160

O‘zbekiston va Hindiston o‘zaro hamkorlikni kengaytiradi

2017 yil 23-25 mart kunlari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi delegatsiyasi O‘zbekiston-Hindiston vazirliklararo maslahatlashuvlarida ishtirok etish doirasida Dehli shahrida bo‘ldi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar qilmoqda

Delegatsiya Hindiston respublikasining tashqi ishlar davlat vaziri Mubashshar Javad Akbar, savdo va sanoat vazirligi davlat kotibi Rita Teotiya, “Hindiston-MDH” savdo-sanoat palatasi prezidenti Rajan Madhu, Hindiston savdo-sanoat palatalari Assotsiatsiyasi prezidenti Sandip Jajodiya, Hindiston savdo-sanoat palatalari federatsiyasi bosh direktori Ambika Sharma bilan ikki tomonlama uchrashuv va muzokaralar o‘tkazdi.

Muzokaralar chog‘ida iqtisodiy va boshqa sohadagi aniq qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga urg‘u bergan holda O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi munosabatlarning hozirgi holati va rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Top