14:29 / 27.03.2017
6576

Video: Monster Truck’da amalga oshirilgan g‘aroyib salto

Haydovchi Li O'Donnell tarixda ilk bora monster truck’da oldinga qaratilgan saltoni muvaffaqiyatli tarzda amalga oshirdi. Hodisa Las-Vegasdagi Monster Jam musobaqalari finalida ro‘y berdi, deb xabar bermoqda TVNZ.

O'Donnell “Aqldan ozgan olim” nomli mashinasida avvaliga orqa saltoni amalga oshirgan, keyin esa sakragan hamda monster truck’ni ikkita g‘ildirakka turg‘azgan, keyinchalik ishqibozlar ko‘z o‘ngida oldingi frontflipni amalga oshirdi.

Yakunda O'Donnell ajoyib tarzda amalga oshirilgan tryuk sabab musobaqada g‘alaba qozondi.

«Bu ajoyib. Rafiqam, farzandlarimga rahmat», - deya ma'lum qildi ekstremal.

Mavzuga oid
Top