07:32 / 28.03.2017
5898

"Chelsi" 500 ming funtga 15 yoshli futbolchini xarid qildi

"Chelsi" Shotlandiyaning eng iqtidorli futbolchi – Billi Gilmor  transferi borasida kelishuvga erishdi. Yosh futbolchining transfer huquqi "Reyndjers" klubiga tegishli. 

Goal bergan xabarga ko‘ra, 15 yoshli yarim himoyachisi yozda "Chelsi" tarkibiga qo‘shiladi. Kelishuv bahosi 500 ming funt sterling. Jamoa yosh iqtidor uchun kurashda "Arsenal", "Manchester Siti", "Manchester Yunayted", "Bavariya" va "Barselona" kabi klublarni ortda qoldirdi. 

Billi Gilmor 17 yoshga bo‘lgan Shotlandiya terma jamoasiga chaqiriladi va "Reyndjers"ning asosiy tarkibi bilan mashg‘ulot o‘tkazadi. 

Top