19:08 / 28.03.2017
7240

Eron yana 1:0 hisobida g‘alaba qozonib mundialga eng yaqin terma jamoalardan biriga aylandi

O‘zbekiston terma jamoasining JCh–2018 turniriga saralash bosqichi A guruhidagi raqiblari Eron va Xitoy terma jamoalari 7-turda o‘zaro to‘qnashdi.

Tehrondagi “Ozodi”maydonida bo‘lib o‘tgan o‘yinda Eron terma jamoasi kichik – 1:0 hisobida ustun keldi. Uchrashuvdagi yagona golga 46-daqiqada Mehdi Taremi mualliflik qildi.

Mazkur uchrashuvdan keyin Eron terma jamoasi 17 ochko bilan A guruhida peshqadamlikni mustahkamlab oldi. E'tiborli jihati Karlos Keyrush shogirdlari guruhdagi avvalgi 6 turdan 5 o‘yinda 1:0 hisobida g‘alaba qozongan, yana bir uchrashuvda 0:0 hisobi qayd etilgan. Xitoy termasi esa 5 ochko bilan hozircha so‘nggi – 6-o‘ringa pastladi.

Avvalroq A guruhdagi boshqa raqiblar – Janubiy Koreya terma jamoasi Suriyani 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgani haqida xabar berilgandi.

JCh–2018 saralashi, 7-tur
Eron – Xitoy 1:0
Gol: Mehdi Taremi (46)
Ogohlantirishlar: Izzatulloh (37), Shojai (39), Jahonbahsh (61)

Mavzuga oid
Top