15:16 / 28.03.2017
6230

Nazarboyev Dubay xalqaro moliya markaziga tashrif buyurdi

Foto: Akorda.kz

Qozog‘iston davlat rahbari Nursulton Nazarboyev BAAgaamaliy tashrifi doirasida Dubay xalqaro moliya markazi (DIFC) rahbariyati bilan uchrashdi. Bu haqda Tengrinews.kz xabar qilmoqda. Nazarboyev markazga tashrifi chog‘ida DIFC faoliyati, uning rivojlanish istiqbollari bilan tanishdi. 

Qozog‘iston prezidentiga Dubay YaIMda DIFC hissasi xususida axborot berildi. Ushbu tuzilma tashkil etilganidan beri bu raqam 8 foizga o‘sgani ta'kidlandi. Shu bilan birga, DIFC ro‘yxatidan o‘tgan kompaniyalar o‘sgani hamda uning infratuzilmasi sezilarli yaxshilangani qayd etilmoqda. Qozog‘iston davlat rahbari "Ostona" xalqaro moliya markazini barpo etishda BAA tajribasini o‘rganib, joriy etayotganini bildirgan. 

Top