17:00 / 28.03.2017
5813

Saralashda 9 ochko to‘plab turgan Osiyoning boshqa bir terma jamoasi murabbiyi ishdan bo‘shatildi

JCh-2018 saralashi doirasining uchinchi bosqich 6-turida Avstraliya maydoniga safar qilgan Birlashgan Arab Amirliklari terma jamoasi 0:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

Ushbu natijadan keyin BAA futbol federatsiyasi terma jamoa bosh murabbiyi Mahdi Alini iste'foga chiqardi.

Ayni vaqtda BAA V guruhida 6 turdan keyin 9 ochko to‘plagan holda to‘rtinchi o‘rinda qolmoqda. Uchinchi o‘rin uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri raqib Avstraliya o‘zaro uchrashuvdagi g‘alabadan keyin ochkolari sonini 13taga yetkazdi va oradagi farq 4taga yetdi.

Mahdi Ali 2012 yilning avgustidan buyon terma jamoani boshqarib kelayotgandi. Uning boshqaruvida amirliklarning «oltin avlodi» 2013 yili Fors ko‘rfazi kubogi g‘olibi, 2014 yilda shu turnirda bronza medal sohibi bo‘lgan, 2015 yili esa Osiyo Kubogida uchinchi o‘rinni egallagan.

Mavzuga oid
Top