07:46 / 28.03.2017
5355

Sarri: Va nihoyat Allegrini ortda qoldirdim

O‘tgan mavsum Italiya chempionatining eng yaxshi murabbiyi deb topilgan "Napoli" bosh murabbiyi Mauritsio Sarri ushbu voqeani hazil bilan nishonladi. 25ta ovoz to‘plagan Sarri va nihoyat "Yuventus" bosh murabbiyi Massimiliano Allegrini (22ta ovoz) ortda qoldirganidan xursand ekanini yashirmadi. 

"Nihoyat Maksni ortda qoldirdim. Men buni kutmagandim, chunki odatda ushbu sovrin chempionatni yutgan murabbiyga topshiriladi", – dedi Sarri. 

O‘tgan mavsum Italiya A seriyasida "Yuventus" birinchi o‘rinni, "Napoli" esa ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan. 

Mavzuga oid
Top