00:39 / 28.03.2017
7802

Tramp qizi Ivankani muhim anjumanga jo‘natishga qaror qildi

AQSh prezidenti Donald Tramp qizi Ivanka Tramp Berlinda bo‘lib o‘tadigan "Ayollar yigirmataligi" iqtisodiy sammitida ishtirok etishini ma'lum qildi. TASS axborot agentligining ma'lum qilishicha, Tramp bu haqda tadbirkor ayollar bilan Oq uydagi uchrashuvda ma'lum qilgan.

35 yoshli Ivanka Germaniya kansleri Angela Merkeldan uning AQShga tashrifi vaqtida Germaniyaga tashrif buyurish taklifini olgandi. 

"Ayollar yigirmataligi" Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an tashabbusi bilan yaratilgan. Uning ilk uchrashuvi 2015 yil 6 sentabrda Anqarada bo‘lib o‘tgan.

Bu norasmiy tuzilmaning maqsadi G20 (Katta yigrmatalik) davlatlaridagi iqtisodiy jarayonlarda ayollar rolini kuchaytirishdan iborat.

"Ayollar yigirmataligi"da yirik kompaniyalar, tadbirkor ayollar uyushmalari, ta'lim muassasalari va tadqiqot tashkilotlari vakillari ishtirok etadilar.

Joriy sammit aprel oxirida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.  

Mavzuga oid
Top