16:18 / 28.03.2017
35193

O‘z kasbini bajarayotgan jurnalist ayol haydovchilardan baloga qoldi (video)

Qonunlarga nisbatan hurmatda bo‘lish, to‘g‘risini aytganda, har kimning qo‘lidan kelavermaydi. Chunki bunday xususiyatga ega kishilar, avvalo, o‘zini, so‘ngra o‘zgalarni hurmat qiladi.

“Toshkent” telekanalida efirga ketuvchi “Poytaxt yo‘llari” ko‘rsatuvining navbatdagi soni maktablar oldida mashinalar tomonidan harakat qoidalarini buzayotganiga bag‘ishlandi.

Unda poytaxt maktablarining biri oldida mashinalarning yo‘l qoidasini buzayotgani, bu bilan o‘quvchilarning hayotini xavf ostiga qo‘yayotgani tasvirlangan. Ko‘rsatuvda mazkur holat atroflicha yoritilgan. Yo‘l qoidasini buzayotgan haydovchilar va yo‘lovchilardan so‘z olingan. O‘rtaga turli fikrlar tashlangan.

Ammo hayron qoldiradigani, haydovchilar orasida o‘z kasbini bajarayotgan jurnalistning ayol kishi ekanligiga ham qaramay, mashinasini uning ustiga haydagani ham, qo‘pollik qilgani ham va o‘zini nomunosib tutgani ham uchradi. Buni aynan o‘sha qoidabuzarlar amalga oshirdi. Bu nima ichki madaniyatsizlikmi, qonunlarni mensimaslikmi yoki o‘z kuchiga ishonishmi?

Yuqorida aytib o‘tganimizdek, tartib-intizomni, qonun-qoidalarni hurmat qilmaydiganlar afsuski bor. Ammo qonun ularning hurmat qilishini so‘rab o‘tirmaydi. Qonunning o‘z kuchi, o‘z mezoni va o‘z jazosi bor.

Top