15:58 / 29.03.2017
6843

22 million afrikalik bola favqulodda yordamga muhtoj

Foto: Anadolu

Nigeriya, Somali, Sudan va Yamandagi 22 million bola favqulodda gumanitar yordamga, xususan oziq-ovqat mahsulotlari va dori vositalariga muhtoj. BMT Bolalar fondi (YUNISEF)ning xabarida shu haqida ma'lum qilindi.

"Agar favqulodda yordam ko‘rsatilmasa, u holda Nigeriya sharqi, Somali, Sudan va Yamanda qurg‘oqchilik va qurolli to‘qnashuvlar tufayli 1,4 million bola halok bo‘ladi", - deyiladi ma'lumotda. 

YUNISEFning favqulodda dasturlar bo‘yicha rahbari Manuel Fonteyn 2011 yilda Somalida shunga o‘xshash gumanitar inqiroz yuz bergani va u ko‘plab bolalarni hayotdan olib ketganini yodga soldi. 

"Zudlik bilan choralar ko‘rish kerak. Bolalar bu muammo bo‘yicha yangi bayonot qilingunga qadar kuta olishmaydi",- dedi Fonteyn. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, ko‘rsatilgan mamlakatlardagi bolalarning oziq-ovqat, ichimlik suvi va dori vositalariga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish uchun hozirgi vaqtda 255 million dollar zarur, biroq bu pullar ham faqat bir necha oygagina yetadi. 

Top