09:04 / 29.03.2017
14378

Braziliya deyarli JChda, Messisiz qolgan Argentina mag‘lub bo‘ldi (turnir jadvali)

Janubiy Amerika mintaqasida JCh-2018 saralashida 14-tur o‘yinlari yakuniga yetdi. Braziliya g‘alabali yurishini davom ettirdi, Messisiz qolgan Argentina mag‘lub bo‘lib, mundial yo‘llanmasini xavf ostida qoldirdi, Kolumbiya va Chili terma jamoalari o‘z o‘yinlarida g‘alaba qilishdi.

Braziliya - Paragvay

Braziliya JCh-2018 Janubiy Amerika saralash bosqichining 14-turida Paragvayni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi. San-Pauluda kechgan bahs mezbonlarning 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

«Liverpul» yarim himoyachisi Filippe Koutino braziliyaliklarni 34-daqiqada hisobda oldinga olib chiqdi. «Barselona» forvardi Neymar 64-daqiqada ikkinchi to‘pni kiritgan bo‘lsa, «Real» himoyachisi Marselo uchrashuvga nuqta qo‘yib berdi (86-daqiqa). Ta'kidlab o‘tish joizki, Neymar 53-daqiqada penaltini aniq amalga oshira olmadi.

Braziliya ushbu g‘alabadan so‘ng 33 ochko jamg‘ardi va musobaqa saralash jadvalida yetakchilikni davom ettirmoqda. Pentakampionlar turnir jadvalida eng yaqin ta'qibchisi Kolumbiyani 9 ochkoga ortda qoldirmoqda va mundial yo‘llanmasi deyarli hal qilingan. Paragvay (18 ochko) 7-o‘rinda.

Boliviya - Argentina

Argentina terma jamoasi Boliviya terma jamoasiga mag‘lub bo‘ldi. Uchrashuv La-Pasdagi "Ernando Siles" stadionida bo‘lib o‘tdi va 2:0 hisobida yakunlandi. Uchrashuvning 31-daqiqasida Xuan Arse hisobni ochdi. 2-bo‘lim boshida Marselo Moreno hisobni ikki to‘p farqiga keltirdi. Argentina o‘zining asosiy o‘yinchisi, jahon chempionati saralash bosqichining 4 ta uchrashuviga diskvalifikatsiya qilingan Lionel Messisiz o‘ynadi. Futbolchi Chili bilan uchrashuvda hakam yordamchisini haqorat qilgani uchun FIFA axloq qo‘mitasi tomondan jazolangandi. Ayni vaqtda Argentina 22 ochko bilan Janubiy Amerikadagi saralash bosqichida 5-o‘rinni egallamoqda. Boliviya 10 ochko bilan oxirgidan bitta oldingi 9-o‘rinni egallamoqda.

Ekvador – Kolumbiya

Kolumbiya terma jamoasi Ekvador termasini 2:0 hisobida mag‘lub etdi. Yarim himoyachi Xames Rodriges bellashuvning 20-daqiqasida darvozani aniq nishonga oldi, keyinchalik xavbek Xuan Kuadrado Kolumbiyaning ikkinchi to‘piga mualliflik qildi. Kolumbiya termasi ushbu g‘alabadan so‘ng 24 ochko jamg‘ardi va turnir jadvalining ikkinchi o‘rniga ko‘tarilib oldi. Ekvador (20 ochko) – oltinchi pog‘onada.

Chili – Venesuela

Chili terma jamoasi esa Venesuela termasini 3:1 hisobida mag‘lub etdi. Hujumchi Aleksis Sanches bahsning 5-daqiqasida mezbonlarni hisobda olinga olib chiqdi. Ko‘p vaqt o‘tmay hujumchi Esteban Paredes chililiklarning ikkinchi goliga mualliflik qildi, keyinchalik esa dubl qayd etib, hisobni 3:0 ko‘rinishga keltirib qo‘ydi. Tanaffusdan so‘ng mehmonlar forvardi Xose Solomon Rondon bitta to‘p kiritdi, biroq bu mag‘lubiyatdan qutulib qolish uchun yetarli bo‘lmadi.

Peru - Urugvay 

Urugvay JCh-2018 saralashining Janubiy Amerika mintaqasidagi bahslarning 14-turida Peru maydoniga safar qildi. Limadagi «Nasonal» stadionidagi uchrashuv mezbonlarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. O‘yinning 30-daqiqasida Karlos Sanches Urugvayning oldinga boshladi. 34-daqiqada Xose Paolo Gerrero javob golini urdi. Edison Floresning 62-daqiqada urgan goli mezbonlarga g‘alaba keltirdi. 

76-daqiqada Urreta maydondan chetlatilishidan keyin mehmonlar 10 kishi bo‘lib o‘ynashdi. Qayd etish kerakki, bu Urugvayning saralash bosqichida ketma-ket uchinchi mag‘lubiyati bo‘ldi. Endilikda Peru 18 ochko jamg‘argan holda 7-o‘rinda, Urugvay 23 ochko bilan uchinchi o‘rinda joylashdi.

JCh-2018 saralashi
Janubiy Amerika, 14-tur

Braziliya – Paragvay 3:0 (1:0, 2:0)

Gollar: 1:0 – 34 Koutino, 2:0 – 64 Neymar, 3:0 – 86 Marselo.
Braziliya – Alisson, Markinos (Tiago Silva, 46), Marselo, Fagner, Miranda, Renato Augusto, Kazemiro, Paulino, Koutino (Villian, 87), Firmino (Diyego Souza, 87), Neymar.
Paragvay – Silva, da Silva, Alonso, Valdes, Veron, Roxas, Riveros, Almiron (Romero, 46), Peres, Dominges (Romero, 77), Gonsales (Santander, 56).
Ogohlantirishlar: Valdes (5), Dominges (76), Roxas (80).

Boliviya – Argentina 2:0 (1:0, 1:0)

Gollar: 1:0 – 31 Arse, 2:0 – 52 Moreno. 
Boliviya – Lampe, Bexarano, Raldes, Senteno, Vayyar (Kampos, 85), Flores, Kastro, Eskobar, Chumasero, Moreno (Miranda, 90), Arse (Xustiniano, 73).
Argentina – Romero, Musakko, Roxo, Funes Mori (Karutstso, 36), Ronkalya, Di Mariya, Banega, Pisarro, Peres (Akunya, 70), Korrea (Aguero, 56), Pratto.
Ogohlantirishlar: Anduxar (39), Banega (41), Vayyar (67).

Ekvador – Kolumbiya 0:2 (0:2, 0:0)

Gollar: 0:1 – 20 Xames, 0:2 – 34 Kuadrado. 
Ekvador – Dreyer, Ayovi, Kaysedo, Mina, Valensiya, Orexuela, Oyola (Achiler, 66), Mena (Kaysedo, 58), Pineyda, Kaysedo, Valensiya (Kortes, 59).
Kolumbiya – Ospina, Aryas (Bakka, 84), Mina, Dias, Sapata, Kardona (Uribe, 73), Xames, Sanches, Agilyar (Torres, 66), Kuadrado, Borxa.
Ogohlantirishlar: Kaysedo (27), Sapata (40), Achiler (75), Orexuela (85).
Chetlatish: Kaysedo (61).

Chili – Venesuela 3:1 (3:0, 0:1)

Gollar: 1:0 – 5 Sanches, 2:0 – 7 Paredes, 3:0 – 22 Paredes, 3:1 – 63 Rondon. 
Chili – Bravo, Isla (Dias, 89), Bosejur, Xara, Ernandes (Karmona, 88), Medel, Vargas, Arangis, Sanches, Vidal, Paredes (Valdiviya, 56).
Venesuela – Farines, Vilyanueva, Anxel, Felcher, Gonsales (Garsiya, 61), Sambrano, Rinkon (Figera, 84), Otero, Murilo, Machis (Penyaranda, 68), Rondon.
Ogohlantirishlar: Gonsales (43), Medel (45), Anxel (66), Dias (90).

Peru – Urugvay 2:1 (1:1, 1:0)

Gollar: 0:1 – 30 Sanches, 1:1 – 34 Gerrero, 2:1 – 62 Flores.
Peru – Galese, Arauxo, Yotun, Trauko, Rodriges, Kueva (Urtado, 45), Tapiya, Karrilo (Polo, 83), Korso, Flores (Akino, 90), Gerrero.
Urugvay – Muslera, Ximenes, Fusile, Pereyra, Godin, Sanches (Urretaviskayya, 63), Vesino, Gonsales, Rodriges (de Arraskaeta, 73), Kavani, Suares.
Ogohlantirishlar: Tapiya (34), Urretaviskayya (64), Urtado (73), Gerrero (78), Korso (87), Fusile (90).
Chetlatish: Urretaviskayya (76).

Top