19:56 / 29.03.2017
7736

Buyuk Britaniya Yevropa ittifoqi uchun Tunis kabi davlatga aylanishi mumkin

Germaniya federal banki (Bundesbank) rahbariyati vakillaridan birining ma'lum qilishicha, agarda Buyuk Britaniya “qattiq Brexit” yo‘lidan borsa, u holda uchinchi davlatlar darajasiga qadar tushib ketadi. Bu haqda The Local xabar bermoqda.

“Mamlakatning Yevropa ittifoqidan chiqish borasidagi muzokaralari yakunlansa, YeIning Britaniya bilan munosabatlari xuddi Tunis bilan kabi darajada bo‘ladi”, - deya ta'kidlab o‘tgan Yoaxim Vyurmeling.

Uning ogohlantirishicha, Britaniya va Yevropa moliya bozorlari o‘rtasidagi amaliyotlar Brexit’dan so‘ng bir qadar qiyinroq amalga oshiriladi. Bu holat ikki yillik o‘tish davri mobaynida ma'lum jarayonlar haqida kelishuvga erishilmasa ro‘y beradi.

Vyurmelingning qo‘shimcha qilishicha, AQSh YeI bilan 16ta, Yaponiya esa – 17ta kelishuv imzolagan bo‘lib, ular moliyaviy majburiyatlarga doirdir. Buyuk Britaniya esa hozircha buni qilmadi.

Avvalroq Buyuk Britaniyaning YeIdagi doimiy vakili Tim Barrou Yevropa kengashi rahbari Donald Tuskka Brexit jarayoni boshlangani haqidagi ogohlantiruvchi maktubni yetkazib bergandi – bu Brexit jarayoni rasman ishga tushirilganidan darak beradi.

Lissabon kelishuvining 50-moddasiga muvofiq, Yevropa ittifoqini tark etishni xohlagan davlatlar buni rasmiy bildirish berilganidan so‘ng ikki yil davomida amalga oshirishlari kerak.

Mavzu
Brexit jarayoni
Mey Bryusselni Brexit boshlanganligi haqida xabardor etuvchi maktubni imzoladi
Barchasi
Mavzuga oid
Top