21:19 / 29.03.2017
4436

Mey: Britaniya Yevropa mamlakatlari ittifoqchisi bo‘lib qolishni istaydi

Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Meyning bayonot berishicha, Birlashgan qirollik Germaniya bilan hamkorlik munosabatlarini qadrlaydi hamda boshqa Yevropa mamlakatlarining ittifoqchisi bo‘lib qolishni istaydi. Bu haqda Reuters agentligi xabar qilmoqda.

«Biz mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlik munosabatlari va ushbu uzoq do‘stlikni juda qadrlaymiz», — deb yozgan Tereza Mey Frankfurter Allgemeine Zeitung nashrida e'lon qilingan maqolasida Germaniyaga murojaat qilar ekan. 

Meyning ta'kidlashicha, Britaniya «Germaniya va qit'adagi boshqa davlatlarning zarur hamkori va do‘sti bo‘lib qolishni xohlaydi».

Uning so‘zlariga ko‘ra, biznes uchun keraksiz to‘siqlar Britaniyaga ham Germaniyaga ham «zarar keltiradi». 

Mavzu
Brexit jarayoni
Mey Bryusselni Brexit boshlanganligi haqida xabardor etuvchi maktubni imzoladi
Barchasi
Top