20:29 / 29.03.2017
7904

Merkel qanday shartda lavozimini tark etishi mumkinligini aytdi

Germaniya kansleri Angela Merkel agar ishida murosaga borish uning shaxsining "uzoq davom etuvchi deformatsiyalanishiga" olib kelsa, o‘z lavozimidan ketishi mumkinligini aytdi. Bu haqda Die Welt nashri xabar bermoqda. 

Merkel bu haqda Germaniya sobiq adliya vaziri Sabina Loytxoysserning "Pozitsiya – bu kuch" deb nomlangan kitobi taqdimotida aytib o‘tdi. Taqdimot vaqtida davlat manfaatlari va fuqarolarning shaxsiy erkinliklari muammosi muhokama qilinishi vaqtida Merkelga shu haqdagi savol berilgan. Merkelning fikricha, terrorchilik xavfi mavjudligi ortida odamlar davlatdan xavfsizlikni ta'minlashi va shu bilan birga shaxs erkinligi haqida qayg‘urishini adolatli kutib qoladilar. 

Merkelning aytishicha, siyosatchi doimo o‘zidan "Murosa izlashda qanchalik chuqur kira olishim mumkin?" degan savolni berishi kerak. Biroq Merkel o‘zining bu boradagi chegarasini aytmagan va "hali iste'foga ketmasligini" qo‘shimcha qilgan. 

2017 yil sentabrda Germaniyada parlament saylovlari bo‘lib o‘tadi. Germaniya kansleri kim bo‘lishi bu saylovlar natijalariga bog‘liq bo‘ladi.

Mavzuga oid
Top