10:38 / 29.03.2017
2797

Nippon Aerotech kompaniyasi rahbariyati Tokiodagi aviahalokatda ayblandi

O‘quv parvozlari uchun yengil motorli samolyotlar ishlab chiqaruvchi Nippon Aerotech kompaniyasi rahbariyati aviahalokatda ayblanmoqda. Tokio g‘arbidagi aholi turarjoy mavzesiga kompaniya ishlab chiqargan samolyot qulab tushgan edi, deb xabar qilmoqda Kiodo agentligi.

Bortida 5 kishi bo‘lgan yengilmotorli samolyot 2015 yil iyulida poytaxt mintaqasining g‘arbidagi Tyofu shahriga o‘quv parvozi vaqtida qulab tushgan edi. Oqibatda uchuvchi Taisi Kavamura va Yaponiya aviakompaniyasining xodimi, bundan tashqari, samolyot qulagan uydagi ayol halok bo‘lgandi. 3 nafar yo‘lovchi hamda halokat vaqtida uyda bo‘lgan ikki kishi jabrlangan edi. 

Xabarlarga ko‘ra, marhum uchuvchi Taisi Kavamura sirtdan ayblangan. Aniqlanishicha, halokat kunida samolyot bir necha marta maxsus litsenziyaga ega bo‘lmasa-da, sinov parvozlari uchun ijaraga berilgan. Ayni shu holat ishni prokuraturaga berishga asos bo‘lgan. 

Top