11:36 / 29.03.2017
5167

Oliy sud Qirg‘iziston muxolifati yetakchisini hibsda qoldirdi

Qirg‘iziston Oliy sudi muxolifatdagi «Otamakon» partiyasi yetakchisi Omurbek Tekebayevni hibsda qoldirishga hukm chiqardi. Bu haqda suddagi manbaga asoslangan holda TASS xabar berdi.

«Oliy sud quyi instansiya sudi hukmini tasdiqladi», deyilgan sud kantselyariyasida.

26 fevral kuni, Istanbuldan uchib kelganidan so‘ng Bishkek aeroportida «Korrupsiya» va «Firibgarlik» moddalarida ko‘zda tutilgan jinoyatlarni sodir etishda gumon qilinib qo‘lga olingan Tekebayev sud hukmi asosida 25 aprelga qadar hibs qilingandi. Ammo advokatlar bu hukm ustidan shikoyat qilishgandi.

Top