08:15 / 29.03.2017
17714

“Registon” o‘quv markazida abituriyentlarning ruhiy tayyorgarlik darajasi qanday?

Abituriyentlar uchun ruhiy tayyorgarlik suv va havodek zarur.  Buni 1-avgust imtihonlarida umrida bir bor abituriyent bo‘lib qatnashganlar yaxshi tushunadi.  Negaki, bilim darajasi yuqori bo‘lgan abituriyentlar aynan ruhiy tayyorgarlikka yetarlicha e'tibor bermaganliklari sababli  kerakli natijaga erisha olmaganlarini tahlillar tasdiqlagan. 

Toshkent shahrida faoliyat olib borayotgan “Registon” o‘quv markazi turli fanlardan abituriyentlarni har yili muvaffaqiyatli ravishda tayyorlab keladi. O‘quv markazida faoliyat olib borayotgan malakali ustozlarning  ko‘p yillik tajribalaridan kelib chiqib imtihon topshiruvchilar uchun ruhiy tayyorgarlik tizimi ishlab chiqilgan. Bu tizimga ko‘ra ruhiy tayyorgarlik ikki bosqichda olib boriladi:
1.    O‘qish jarayonida barcha fanlarni mukammal o‘zlashtirish uchun kerakli ruhiy quvvatni qanday olish mumkinligi haqida.
2.    Imtihon jarayonida abituriyent o‘z bilimidan mukammal foydalanib kerakli natijaga erishishi haqida.

“Registon” o‘quv markazida tashkil etilayotgan psixologik treninglarda yuqoridagi ikki omil bo‘yicha ishlar olib boriladi. O‘qish jarayonida fanlarni mukammal o‘zlashtirish uchun quyidagilarga alohida e'tibor beriladi:
•  Abituriyentlar aniq maqsad bilan tayyorgarlik ko‘rishlari shart. Bizning o‘quv markazimizga kelgan abituriyentlarga beriladigan birinchi savol qaysi universitet yoki institutga tayyorlanishlari va qaysi yo‘nalishga topshirishlari bo‘ladi. Agar abituriyent qat'iyat bilan javob bersa, juda yaxshi, xursand bo‘lamiz. Chunki ko‘pincha bu savolga juda mujmal javob olamiz. Agar maqsad aniq bo‘lmasa, uning ota-onasi yoki o‘zining qiziqishlari bilan maqsadlarini aniqlab olishlariga yordam beramiz. Qisqasi, bizning o‘quv markazimizda maqsadi aniq, kelajagini oldindan ko‘ra oladiganlar o‘qishadi.

 O‘quv markaziga yangi kelgan abituriyentning o‘zi tanlagan universitet va institutiga kirishi uning taqdirida keskin burilish yasashini yurakdan tushunishi uchun ustozlar alohida psixologik treninglar tashkillashtirishadi. Bu treninglarda abituriyentning juda katta ishga bel bog‘laganligi, bu davr hayotdagi kurashning boshlanishi ekanligi, bu sinovdan mustaqil o‘tishi kelajakdagi  darajasini belgilashi turli hayotiy misollar va rivoyatlar bilan tushuntiriladi.

• Fanlarni o‘zlashtirishda har bir abituriyentning qobiliyati, malakasi hamda maktab va kollejda o‘qish darajasi hisobga olinadi. Turli ijtimoiy muhitdagi abituriyentlarni o‘qitish jarayonida shu narsaga guvoh bo‘lganmizki, hayotdagi mayda detallari ham ma'lum mavzularni o‘zlashtirishga to‘siq bo‘ladi. Chunki har bir fan bir tizim bo‘lib, u uzilishlarni  yoqtirmaydi. Dars qoldirgan abituriyent keyingi mavzuni tushunmaydi. Hozirgi DTM testlarida kerakli natijani qo‘lga kiritish uchun mukammal tayyorgarlik talab qilinadi.

• Abituriyentlarni qiynaydigan savollardan biri vaqtni to‘g‘ri taqsimlash hisoblanadi. Ko‘pchilik abituriyentlar aslida uchta fandan tayyorgarlik ko‘rishlari shartligini bilgan holda bitta yo ikkita fandan tayyorlanishadi. Bu, albatta, so‘ngi natijaga ta'sir qiladi. Nima uchun bunday qilayotganligini vaqti yetmasligi bilan izohlashadi. Aslida ham barcha fanlarni o‘zlashtirishga vaqt yetmaydimi?  Bu savolga bizning abituriyentlarimiz psixologik treninglarimizda chizmalar shaklida javob olishadi. Ishoning, hayotda barchasiga ulgurish mumkin!

 Abituriyentlar asosan 18-25 yosh atrofidagi  yoshlar bo‘lganligi uchun ularda tushkunlik holatlari tez-tez takrorlanib turadi. Bu davr o‘tib ketguncha ancha vaqt va bir qancha mavzular o‘zlashtirilmasdan qoladi. Bunday holatlarni oldini olish uchun, avvalo, ustozlar hushyor bo‘lib, abituriyentlarning  ruhiyati va kayfiyatiga qarab o‘z maslahatlarini berib borishadi. Bunday tushkunlikning sababi topilib, yechishga yordam beriladi va asosiy maqsad  eslatib turiladi. Hayot kurashdan iborat ekanligi, unda mustaqil bo‘lib, o‘z maqsadiga yetishi katta ahamiyatga egaligi tushuntiriladi. 

1-avgust imtihonini barcha abituriyentlar hayojon bilan kutishadi. Sababi bir yoki bir necha yillik olgan bilimlarini sinovdan o‘tkazishadi.  Bunday mas'uliyatli sinov kuniga tayyorgarlik  har yili “Registon” o‘quv markazida maxsus psixologik treninglar bilan o‘tadi. Treninglarda abituriyentlarning harakatlanish yo‘nalishlari ko‘rsatib beriladi. Bu treninglarda quyidagilarga e'tibor beriladi:
 Imtihon jarayonida barcha barobar ekanligi, ya'ni imtihon topshirayotganlar sinov o‘tkazilayotgan xonaga birinchi bor kirganligi, hech kim bir-birini tanimasligi, imkoniyatlari tengligini hisobga olib, erkin harakatlanishi hamda  har bir savol uchun kurashish kerakligi misollar bilan tushuntiriladi.

 Imtihon jarayonida katta yo mayda ishlar bo‘lmasligi, barcha jihatlarga alohida e'tibor berish kerakligi hatto ertalab  qanday ovqatlanish ham imtihon natijasiga ta'sir qilishini abituriyent yaxshi tushunishi zarur.

 Bir necha yillik tayyorgarlik uch soatda topshiriladigan testning natijasiga bog‘liqligini tushunish va vaqtni to‘g‘ri taqsimlash kerak. Negaki, imtihon uchun ajratilgan uch soat uch daqiqadek tuyulishi tabiiy holatdir.

• O‘quv markazida tashkil etiladigan barcha oylik test sinovlari abituriyentlarimiz uchun 1-avgust  sinovlariga ruhan tenglashtirilib, olgan natijalari avvalgi yilgi  natijalarga solishtiriladi. Abituriyentning olgan bali o‘zi tanlagan oliy ta'lim muassasasiga yetish yoki yetmasligi aniqlanadi.  Natijaga qarab kerakli maslahat va yo‘nalishlar beriladi

Yuqoridagi omillar sabab bizda  tayyorlanayotgan abituriyentlarning ko‘pchiligi talabalarga aylanmoqda.  Siz ham bizning safimizga kirmoqchi bo‘lsangiz shoshiling! 1-apreldan yangi guruhlar ochilmoqda.  «Registon» o‘quv markazi abituriyentlarni sinov asosida o‘z jamoasiga qabul qiladi.  registonstudy.uz  sayti orqali ro‘yxatdan o‘ting va biz bilan bog‘laning!

IJTIMOIY-GUMANITAR
•    Tarix
•    Ona tili va adabiyot
•    Ingliz tili

IQTISODIYoT
•    Matematika va informatika
•    Ingliz tili
•    Ona tili va adabiyot

TeXNIKA
• Matematika va informatika
• Fizika
• Ona tili va adabiyot / ingliz tili

TABIIY
• Kimyo
• Biologiya
• Ona tili va adabiyot

Har bir fan haftada 3 marta, 2 soatdan bo‘ladi.
Oylik test  natijalariga ko‘ra:
1 - o‘rin sohibi - 100% bepul
2 - o‘rin sohibi - 50% bepul
3 - o‘rin sohibi - 30% bepul

«Registon» o‘quv markazida ta'lim olishni tanlagan o‘quvchilarning imtiyozlari:
• Eng  yangi   maktab darsliklari bepul beriladi;
• 1-avgust test sinovlari uchun maxsus psixologik dastur asosida tayyorgarlik;
• Har oyning oxirida DTM andozasida mukammal  test sinovlari;
• Dam olish kunlarisiz uzluksiz o‘quv mashg‘ulotlari;
• 8—10 kishilik kichik guruhlardagi sifatli ta'lim;
• DTM  testlarining tuzilishi va ularni yechishda e'tiborga olish  lozim bo‘lgan jihatlar haqida qimmatli ma'lumotlar;

«Registon» nodavlat ta'lim markazi

Manzil: Toshkent shahar, Uchtepa  tumani, Lutfiy ko‘chasi, 65A-uy
Mo‘ljal: Farxod bozori, «O‘zbegim taomlari»  
Telefon: (+998-93) 536-27-00, (+998-90) 952-27-00

Chilonzor filiali:
Manzil: Toshkent shahar, Chilonzor  tumani, Kichik xalqa yo‘li  ko‘chasi, 6/1-uy
Mo'ljal: Turon bank,  “Chilonzor”  metro bekati
Telefon: (+998-94) 602-33-44,  (+998-90) 356-20-04

Reklama huquqi asosida.

Top