18:52 / 29.03.2017
2877

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri MEDEF Interneshnl rahbari bilan uchrashdi

2017 yilning 29 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilovning Fransiyaga rasmiy tashrifi doirasida Parij shahrida MEDEF Interneshnl Bosh direktori Filipp Gote bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TIV Axborot xizmati xabar bermoqda.

MEDEF Interneshnl hozirgi kunda 750 mingdan ziyod fransuz kompaniya va firmalarini birlashtirib turgan Frantsuz korxonalari harakati MEDEF’ning xalqaro bo‘linmasi hisoblanadi.

Suhbat chog‘ida savdo-iqtisodiy va investitsion sohalarda O‘zbekiston-Fransiya hamkorligini yanada mustahkamlash istiqbollari borasida fikr almashildi.

Muzokaralar davomida Fransiya tadbirkorlarining O‘zbekistondagi sheriklar bilan hamkorlikni kengaytirishiga, jumladan O‘zbekiston Prezidenti tomonidan qabul qilingan keng miqyosli 2017 2021-yillarda mamlakatni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirishda o‘zaro manfaatli asosda ishtirok etishiga qiziqish bildirildi. Shu mazmunda uchrashuvda MEDEF Interneshnl yetakchiligida Fransiya biznes doiralari nufuzli delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifini tashkil etish hamda Toshkent shahrida qo‘shma biznes-forum o‘tkazish masalalarining amaliy jihatlari muhokama qilindi.

Top