08:44 / 30.03.2017
3479

AQSh Shimoliy Koreyani terrorizmga homiylik qiluvchilar ro‘yxatiga qaytarmoqchi

Foto: Flickr/ (stephan)

AQSh kongressi vakillar palatasining xorijiy ishlar bo‘yicha qo‘mitasi KXRDni terrorizmga homiylik qiluvchi davlatlar ro‘yxatiga qaytarishga ovoz berdi.

Bundan tashqari, qo‘mita Shimoliy Koreyaga nisbatan sanksiyalarni kuchaytirish va qit'alararo ballistik raketalar ishlab chiqishni qoralash haqida taklif bildirgan.

Qo‘mita raisi, respublikachi Ed Roysning ma'lum qilishicha, “bugun taklif etilgan choralar davlat departamentini KXDR terrorizmga homiylik qiluvchi davlatlar ro‘yxatiga takroran kirishi haqidagi qarorga turtki berishi mumkin”.

KXRD ilk bora bunday ro‘yxatga 1987 yilda kiritilgandi. O‘shanda bu Janubiy Koreyaga tegishli bo‘lgan hamda 115 insonning hayotiga zomin bo‘lgan samolyot portlashidan so‘ng yuz bergan. Taxminlarga ko‘ra, portlash KXDR agentlari tomonidan amalga oshirilgan. 2008 yilda esa AQSh sobiq prezidenti Jorj Bush ma'muriyati Shimoliy Koreyani terrorizmga homiylik qiluvchi davlatlar ro‘yxatidan chiqargandi. Ayni damda esa Amerikaning bu ro‘yxatidan Eron, Suriya va Sudan joy olgan.

Mavzuga oid
Top